Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni

15-Yan, 2026

Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi hamda Xiva shahridagi 17-sonli umumta’lim maktabi qoshidagi Temurbeklar maktabi bilan hamkorlikda “Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Jumaniyozov, “Xiva tongi” gazetasi muxbiri D.Masharipov hamda Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimi Z.Raximovalar Vatan ozodligi, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan harbiylarimizning mardligi, sadoqati hamda o‘z kasbiga bo‘lgan yuksak mas’uliyatini alohida ta’kidladilar.

Tadbir davomida o‘quvchilar Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan she’rlar va sahna ko‘rinishlarini namoyish etib, jangovar ruhdagi chiqishlari orqali yurtparvarlik tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdilar.

Yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat va faxr tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilgan mazkur tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

Orqaga