Mustaqilligimiz_35_yilligi

20-Avg, 2026

Mustaqilligimiz_35_yilligi

Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi hamda Ichon-qa'la Davlat muzey-qo'riqxonasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini keng targ‘ib etishga qaratilgan kitob ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Unda Vatanimiz tarixi, istiqlol yillari, milliy qadriyatlar hamda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosiga oid adabiyotlar namoyish etildi.

Tadbir ishtirokchilarida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yurtimiz kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Orqaga