Mustaqillik_milliy_taraqqiyot_va_bunyodkorlik_poydevori
02-Sen, 2026
Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 17-son umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida “Xiva tongi” gazetasi muxbiri D. Masharipov o‘quvchilarga istiqlolning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tinchlik va osoyishtalikning qadri hamda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.
Shuningdek, Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Z.Rahimova yoshlarni bilim olish, kitob mutolaa qilish, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish va yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chaqirdi.