MUTOLAA SARI YANA BIR QADAM
05-Okt, 2026
📚 MUTOLAA SARI YANA BIR QADAM
Bugun Xiva shahar 17-son umumta’lim maktabida o‘quvchilar uchun kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Unda Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari yangi kitoblar ko`rgazmasi bilan faol ishtirok etdilar.
Ko`rgazmada badiiy, ilmiy-ommabop, ma’naviy-ma’rifiy hamda bolalar adabiyotiga oid turli kitoblar namoyish qilindi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan asarlar bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan kitob tanlash va mutolaa qilish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.
Mazkur kitoblar yarmarkasi o‘quvchilarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni yangi adabiyotlar bilan tanishtirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.