Navoiy — so‘z mulkining sultoni
06-Fev, 2026
Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari buyuk mutafakkir shoir va tarjimon Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligiga bag‘ishlab, Xiva shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limida soha xodimlari ishtirokida “Navoiy — so‘z mulkining sultoni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdilar.
Tadbirda Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimi Z. Raximova hamda “Xiva tongi” gazetasi muxbiri, shoir va jurnalist D. Masharipov so‘zga chiqib, Alisher Navoiyning bebaho ma’naviy merosi, o‘zbek adabiyoti va jahon she’riyatidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdilar.