Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir
18-Mar, 2026
Hali qish zabti qaytmay turib, yuraklarimizda shukuhi sezila boshlaydi. Ona diyorimizda, el-yurtimizda, tilu dilimizda totli Navro‘z nafasi ufurib, yasharish va yangilanish kunlariga yo‘l ochadi.
Joriy yilning 16-mart kuni da “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” degan ezgu g‘oya asosida umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Navro‘z tantanalari milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan holda tashkil etildi. Shahardagi barcha mahallalar tomonidan o‘ziga xos dekoratsiyalar va sahna ko‘rinishlari tayyorlanib, hududlar bayramona, bahoriy ruhda bezatildi.
Ushbu tantanalarda Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etdilar.
Navro‘z – bu nafaqat fasllar almashinuvi, balki qalblar yangilanishi, mehr-oqibat va birdamlik timsolidir. Bu qutlug‘ ayyom yurtdoshlarimizni ezgulikka, bag‘rikenglikka va o‘zaro hurmatga chorlaydi.