Oila — bu mehr-muhabbat, o‘zaro izzat-hurmat maskanidir
15-May, 2026
15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Xiva shahar Axborot-kutubxona markazida “Oila — bu mehr-muhabbat, o‘zaro izzat-hurmat maskanidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda mahallalarning nuroniy onaxonalari, o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlar hamda faol kitobxonlar ishtirok etdilar. Axborot-kutubxona markazi direktori Sh.Atayeva so'zga chiqib oilaning muqaddas maskan ekani, farzand tarbiyasi va jamiyat barqarorligidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Ta’kidlanganidek, mustahkam oila — tinch va farovon jamiyat poydevoridir. Nuroniy onaxon R.Madrimova ham farzand tarbiyasi, ota-onaning mas’uliyati hamda yoshlarni bilimli va vatanparvar etib voyaga yetkazish haqida fikr bildirdi. Kechaning badiiy qismida 5-son Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Dilafruz Xudayarova dutorda “El fazalandi” kuyini ijro etdi. 1-son maktab o‘quvchi qizlari esa bir qator qo‘shiqlarga raqs chiqishlarini namoyish etdilar. Tadbir yakunida faol o‘qituvchi va o‘quvchilar “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandilar.