ONA TILIMIZ — MILLATIMIZ FAXRI!

15-Okt, 2026

ONA TILIMIZ — MILLATIMIZ FAXRI!

🌿 ONA TILIMIZ — MILLATIMIZ FAXRI!
📚 21-oktabr — O‘zbek tili bayramini keng nishonlash, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xiva shahar bo‘linmasi, Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi hamda “Xiva tongi” gazetasi xodimlari hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🏛 Tadbir doirasida ishtirokchilar o‘zbek adabiyoti va ma’rifati rivojiga munosib hissa qo‘shgan ma’rifatparvar shoir Avaz O‘tar uy-muzeyiga sayohat uyushtirib, uning hayoti va ijodiy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
💐 Shuningdek, Xiva shahri markazidagi buyuk ajdodlarimizning byust va haykallari poyiga gulchambarlar qo‘yilib, milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimiz rivojiga hissa qo‘shgan ulug‘ insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
✨ Zero, ona tilimizni qadrlash — milliy o‘zligimizni, tariximizni va ma’naviy merosimizni e’zozlash demakdir!

Orqaga