O‘zbek jadid adabiyotining asoschilari
28-Yan, 2026
Jadid mutafakkirlari millat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona kurash olib borgan ilg‘or ziyolilar bo‘lib, ular maorif, matbuot, madaniyat va ijtimoiy hayotda muhim islohotlarni amalga oshirganlar.
Bugun Xiva shahar Axborot-kutubxona markazida kitobxon o‘quvchilar ishtirokida o‘zbek yozuvchisi, jamoat arbobi, olim va faylasuf Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligi munosabati bilan “O‘zbek jadid adabiyotining asoschilari” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar Abdurauf Fitratning she’rlarini ifodali o‘qib, uning hayoti va boy ijodi haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. She’rlar orqali Vatanga muhabbat, ilmga intilish va erkin fikrlash g‘oyalari tarannum etildi.
Tadbir qatnashchilari jadid mutafakkirlarining boy ma’naviy merosi hamda millat taraqqiyoti yo‘lidagi beqiyos hissalari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.