O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarori 7-bandi “g” kichik bandida belgilangan umummilliy diktant loyihasini amalga oshirish maqsadida Xiva shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun diktant yozish tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xiva shahar boʼlinmasi rahbari L. Otajonova hamda Xiva shahar hokimining til masalalari boʼyicha maslahatchisi Sh. Аbdullaevalar ishtirok etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning savodxonligini oshirish, o‘zbek tilining imlo qoidalariga rioya etish ko‘nikmalarini mustahkamlash, davlat tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromdan iborat. Mazkur tadbir davlat tilining nufuzini oshirish, yozma nutq madaniyatini rivojlantirish hamda o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.