Rauf_Parfi_erk_va_ozodlik_kuychisi

06-Okt, 2026

Rauf_Parfi_erk_va_ozodlik_kuychisi

Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tashabbusi bilan 17-son umumta’lim maktabida taniqli o‘zbek shoiri Rauf Parfi tavalludiga bag‘ishlangan “Rauf Parfi — erk va ozodlik kuychisi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Rauf Parfining hayoti va ijod yo‘li, o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shoir ijodining badiiy xususiyatlari hamda inson ruhiyatini teran ifoda etishi yuzasidan fikr almashildi.
O‘quvchilar Rauf Parfi she’rlaridan namunalar o‘qib, shoir ijodiga doir fikr va mulohazalarini bildirdilar. Savol-javoblar orqali yoshlarning adabiyotga, xususan, Rauf Parfi ijodiga bo‘lgan qiziqishi yanada oshirildi.
Ma’rifiy tadbirdan ko‘zlangan maqsad — yosh avlodni shoirning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, ma’naviy yuksalish g‘oyalarini yoshlar qalbiga singdirishdan iborat.

Orqaga