3o-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan shaharning markaziy ko‘chalari, xiyobonlari hamda aholi gavjum maskanlarida “Sog‘lom turmush” aksiyasi tashkil o'tkazildi. Aksiya davomida fuqarolar, ayniqsa yoshlar orasida smartfonlardan voz kechish va ijtimoiy tarmoqlarga ortiqcha vaqt sarflashlarining salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borilib, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, kitob mutolaasiga ko‘proq e’tibor qaratish targ‘ib qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga turli badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya etilib, kitob o‘qishning inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Aksiya yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.