Sohibqiron Amir Temur

09-Apr, 2026

Sohibqiron Amir Temur

Bugun axborot-kutubxona markazi xodimlari, shahrimizdagi 20-son umumta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari bilan hamkorlikda buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Sohibqiron Amir Temur” mavzusida kecha o‘tkazildi.
Tadbirda shuningdek, o‘quvchilar faol ishtirok etib, Sohibqiron haqida she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etdilar.
Tadbir doirasida kutubxona mutaxassislari tomonidan Amir Temurning hayoti, uning tarixdagi o‘rni va bugungi avlod uchun ibrat bo‘ladigan jihatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. 
Kechada kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilinib,  sohibqironning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi dono siyosati hamda harbiy san’atdagi yuksak mahoratini yoritib beruvchi adabiyotlar namoish qilindi. 

Orqaga