Sport_sogʻliq_garovi

30-Iyl, 2026

Sport_sogʻliq_garovi

“Iyun–avgust oylarida tasdiqlangan reja-grafigi bo'yicha payshanba – «Yoshlar kuni» loyihasi doirasida Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan shahardagi xususiy sport majmuasida sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan yoshlar ishtirokida “Sport – sog‘liq garovi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportning inson salomatligidagi o‘rni, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Unda sportga oida adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil etilib, mutaxassislar tomonidan yaqindan tanishtirildi.

Ishtirokchilar bunday uchrashuvlar yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va jamoada kitobxonlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Orqaga