Tabiat uchun birlashaylik

07-Okt, 2026

Tabiat uchun birlashaylik

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xiva shahar Kengashi tomonidan mahallalarda tozalik va ozadalikni ta’minlashga qaratilgan dolzarb ikki oylik doirasida “Ichan-qal’a” mahallasida “Tabiat uchun birlashaylik!” shiori ostida tozalik aksiyasi tashkil etildi.
🔼 Aksiyada Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari, mahalla aholisi, faol va ko‘ngilli fuqarolar ishtirok etib, hudud obodonligiga o‘z hissasini qo‘shdi. Xususan, mahalla hududi supurib-sidirildi, maishiy chiqindilar yig‘ishtirildi hamda yashil hududlarni kengaytirish maqsadida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
📚 Aksiya doirasida Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar taqdimoti ham o‘tkazildi.
Tadbir davomida tabiatga mehr, ekologik madaniyat va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishda kitob va mutola­aning o‘rni haqida fikr almashildi.

Orqaga