5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xiva shahar Kengashi hamkorligida Nurullaboy istirohat bog‘ida ekologik aksiya tashkil etildi.
“Tabiatni asrash barchamizning burchimizdir!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda Urganch davlat universiteti talabalari, partiya faollari hamda volontyor yoshlar ishtirok etib, istirohat bog‘i hududini maishiy va plastik chiqindilardan tozalash ishlarini amalga oshirdilar.
Aksiya davomida ishtirokchilar tomonidan atrof-muhitni asrash, tabiat boyliklariga oqilona munosabatda bo‘lish va ekologik madaniyatni yuksaltirish barobarida ekologiyaga oid kitoblar va tabiat gazetasining targ‘iboti o'tkazildi.
Bunday tadbirlar nafaqat hududlar obodligi va tozaligini ta’minlashga, balki yosh avlod qalbida tabiatga mehr va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlaydi.