Volontyorlik madaniyatini shakllantirish kuni

19-Iyn, 2026

Volontyorlik madaniyatini shakllantirish kuni

18-iyun kuni  Xiva shahar axborot-kutubxona markazi o’quv zalida Abu Rayxon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talabalari bilan birgalikda, “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Volontyorlik madaniyatini shakllantirish kuni” mavzusida davra suhbati o`tkazildi.
Davra suhbatida axborot-kutubxona markazining direktori Sh. Atayeva talabalariga yoshlar o‘rtasida volontyorlik faoliyatini keng targ‘ib qilish, volontyor-oʻz xohishi bilan vaqti va mehnatini biror-bir jamoat ishiga, hech qanday manfaatsiz ixtiyoriy taklif etadigan shaxs yoki guruhlar, volontyorlik madaniyatini shakllantirish to`g`riida  so`zlab berdi.
Yoshlarga suhbat davomida volontyorlik madaniyatini shakllantirish, xayrli ishlar jamiyatda mehr-oqibat, e'tibor va insoniy qadriyatlarni mustaxkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi to`g`riida  ta`kidlandi.

Orqaga