Xalq_qalbida_mangu_yashaydi

10-Iyl, 2026

Xalq_qalbida_mangu_yashaydi

Bugun Xiva shahar axborot-kutubxona markazining mutaxassislari shahardagi "Everest" o‘quv markazida O‘zbekiston xalq shoiri Hamid Olimjon tavalludining 117 yilligi munosabati bilan "Xalq qalbida mangu yashaydi" mavzusida kitob ko’rgazmasi tashkil qilinib, davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni Hamid Olimjonning boy adabiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak ma'naviyat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati davomida A. Xudayberganova tadbir ishtirokchilariga shoirning hayoti va ijodi, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar tomonidan Hamid Olimjonning she'rlaridan namunalar o‘qilib, uning asarlaridagi vatanparvarlik, mehr-oqibat va insonparvarlik g‘oyalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir yoshlarda milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, kitob mutolaasiga mehr uyg‘otish va buyuk adiblarimiz merosini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.

Orqaga