Jahonning ko‘plab mamlakatlari 2 aprel sanasini “Xalqaro bolalar kitobi kuni” sifatida nishonlaydi. Bu sananing ham o‘ziga xos tarixi bor. 1967 yilda Xalqaro bolalar kitoblari Kengashi 2 aprel sanasini bolalar kitoblari kuni deb nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu sana o‘z-o‘zidan tanlangan emas. Shu sanada buyuk ertakchi-yozuvchi Hans Xristian Andersen dunyoga kelgan kun bo‘lib, shu munosabat bilan har yili aprel oyida shu kun bayram sifatida nishonlanadi. Bugun Xiva shahar axborot-kutubxona markazida Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlab “Kitobim – oftobim” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Unda bolajonlarga oid adabiyotlar, tavsiya qilinib, ertak va hikoyalar namoyish qilinmoqda.