Xorazm nemislari

01-Apr, 2026

Xorazm nemislari

Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasida muhim madaniy-ma’rifiy tadbir — telejurnalist, tarjimon va yozuvchi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nur Ahmadning “Xorazm nemislari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda olimlar, ijodkorlar, yoshlar bilan bir qatorda Nuroniy jamg‘armasi Xiva shahar bo‘limi raisi Quronboy Xoliqov boshchiligida mehnat faxriylari ham faol ishtirok etdilar.
Taqdimot avvalida muallifning hayoti va ijodiy faoliyatini yorituvchi “Siyrat” nomli videofilm namoyish qilinib, yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar — mehnat faxriylari Shavkat Jumaniyozov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xiva bo‘limi rahbari L. Atajonova, Axborot-kutubxona markazi xodimlari, o‘qituvchilar va talabalar — muallifning “Oyning o‘n beshi” hamda “Xorazm nemislari” asarlarining mazmuni, tarixiy ahamiyati va badiiy qiymati haqida iliq fikrlar bildirdilar.
Tadbir yakunida Nur Ahmad yig‘ilganlarga tashrif va e’tibor uchun minnatdorchilik bildirib, o‘z kitoblaridan esdalik sovg‘a qildi. 
Bu uchrashuv nafaqat adabiyot ixlosmandlari, balki yosh avlod uchun ham katta ma’naviy saboq va ilhom manbai bo‘ldi.

Orqaga