Xorazm nemislaria

03-Apr, 2026

Xorazm nemislaria

Yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan mehrni yanada kuchaytirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida aholi o‘rtasida kitobxonlik tanlovlari, kitob ko‘rgazmalari hamda kitob taqdimoti tadbirlari keng miqyosda o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 1-aprel kuni Xiva Turizm va madaniy meros texnikumida Xiva elining azim va navqiron farzandi, adib va ijodkor Nur Ahmadning “Xorazm nemislari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida muallifning hayoti va ijodiy faoliyatini yorituvchi “Siyrat” nomli videofilm namoyish etildi va u yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xiva bo‘limi rahbari L. Atajonova, axborot-kutubxona markazi xodimlari, o‘qituvchilar hamda talabalar muallifning “Xorazm nemislari” asarining mazmuni, tarixiy ahamiyati va badiiy qiymati haqida iliq fikr-mulohazalar bildirdilar.
Tadbir davomida yoshlar ijodkor bilan yaqindan muloqotda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, yozuvchi Nur Ahmadning 2025-yilda “Xorazm nemislari” nomli hujjatli-badiiy qissasi chop etilgan. Ushbu asarda Xorazmga kelib qolgan nemis millatiga mansub insonlar taqdiri, ularning boshidan kechirgan murakkab hayotiy sinovlari, tarixiy jarayonlar ta’sirida yuzaga kelgan fojeali kechinmalari hamda insoniy matonat, bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalari badiiy va hujjatli asosda keng yoritilgan.

Orqaga