Xorazm_sanatining_betakror_bulbuli

28-Iyl, 2026

Xorazm_sanatining_betakror_bulbuli

Xiva shahridagi Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasining “Qozi Kalon” madrasasida O‘zbekiston xalq artisti, buyuk hofiz Komiljon Otaniyozov tavalludining 109 yilligiga bag‘ishlab “Xorazm san’atining betakror bulbuli” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, Ichan-Qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdilar.

Davra suhbatida Komiljon Otaniyozovning serqirra ijodi, Xorazm maqomlari, lazgi, suvoralar, doston va xalq qo‘shiqlarini rivojlantirishdagi ulkan hissasi, shuningdek, uning boy ma’naviy merosi haqida fikr almashildi. 
Tadbir davomida ustoz san’atkor hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ishtirokchilarga bibliografik jihatdan sharhlab berildi.

Orqaga