Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi. Bugun Xiva shahar Axborot-kutubxona markaziga qarashli ko’chma kutubxona mutaxassisi A. Ro’zmetova shahardagi 3 - son umum ta’lim maktabining o’qituvchisi D. Ibodullayeva maktab o’quvchilari birgalikda, ”Xotira muqaddas-qadr aziz” mavzusida davra suhbati o’tkazdilar. Tadbirda o’quvchilar tomonidan Mustaqilligimizni qadrlashimiz va Vatanga sadoqatli, mard, bilimli va ona yurtimizga kerakli inson bo‘lib yetishishlari kerakligi aytib o‘tdilar. Tadbirda 3-son umumta’lim maktab o’qituvchisi D. Ibodullayeva o’quvchilarga yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy g’urur va fidoiylik tuyg’ularini mustahkamlash bugungi kunning ehg muhim vazifalardan biri ekanligi haqida aytib o’tdi. Bugungi kunimizga shukronalar keltirib, insonlarni tinchlikninig qadriga etishga, ajdodlar jasoratini unutmaslikka va keksa avlodni e’zozlashga chorlaydi. “Inson qadri-eng ulug’ qadriyat” degan g’oya ushbu bayramning asosiy mazmunidir.