Xotira va qadrlash kuni

09-May, 2026

Xotira va qadrlash kuni

9-may "Xotira va qadrlash kuni" yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan nuroniylarimiz eʼzozlanishi xalqimizga xos qadriyatlaridir. Vatanimiz uchun qurbon bo‘lgan ota-bobolarimizni, xotiralash, fidoiy mehnat qilayotgan insonlarning tinchlikning qadriga etish urushni qoralash, tinch osoyishta yashayotganimiz, turmushimiz farovonligiga shukrona qilishdan iborat. Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi.
Bugun Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari 9-may "Xotira va qadrlash kuni"ga  bag‘ishlab, shahardagi “Xotira xiyoboni"da “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida, tadbir o‘tkazdilar. Tadbirda shahardagi 3 va10 son umumtaʼlim maktablarning o‘qituvchi o‘quvchilari, hamda faol kitobxonlar ishtirok etishdi.
Axborot-kutubxona markazi hodimlari tadbir qatnashuvchilariga mustaqil yurtimizni qadrlashimiz va Vatanga sadoqatli, mard, bilimli va ona yurtimizga kerakli inson bo‘lib yetishishlari aytib o‘tdilar.
Tadbir so‘nggida o‘quvchilar, mard jasur o‘g‘lonlar, xotirasi poyiga gullar qo‘ydilar.

Orqaga