Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz
18-Iyn, 2026
17-iyun kuni Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan Xiva shahrida futbol va mini futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining tantanali yopilish hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan jamoalar kubok, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, taqdirlash marosimi doirasida “Kinokarvon” loyihasi ham tashkil etildi. Loyiha doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona yurtga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida “Vatan” nomli badiiy film namoyish etildi. Film ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularni yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishga undadi.
Bayramona ruhda o‘tgan marosimda Xiva shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari yangi kitoblardan kitoblar ko`rgazmasi bilan qatnashdilar. Estrada xonandalarining kuy-qo‘shiqlari bilan yanada ko‘tarinki kayfiyat kasb etdi.