“Yaldo kechasi” — kitobxonlar e’tiborida
29-Sen, 2026
📚 “Yaldo kechasi” — kitobxonlar e’tiborida
Bugun Xiva shahar Axborot-kutubxona markazida Kitobxon klubi a’zolari hamda faol kitobxonlar ishtirokida “Tanishing, yangi kitoblar!” mavzusida taniqli yozuvchi Hayriddin Sultonovning “Yaldo kechasi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda yozuvchining ijodiy faoliyati, asarlari hamda “Yaldo kechasi” kitobining mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi. Kitobxonlar asarda aks etgan voqealar, insoniy kechinmalar, milliy qadriyatlar va hayotiy haqiqatlarning badiiy ifodasi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Taqdimot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol qatnashib, asardan olgan taassurotlari bilan ham o‘rtoqlashdilar.