Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida

27-Avg, 2026

Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida

Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi hamda Ichan-qal’a Davlat muzey-qo‘riqxonasi hamkorligida Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” mavzusida vatanparvarlik va ma’rifat kuni doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, Vatanimiz tarixi, milliy qadriyatlar va boy ma’naviy merosimiz haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, mavzuga oid kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda istiqlol yillari, milliy qadriyatlar hamda buyuk ajdodlarimiz merosiga oid adabiyotlar namoyish etildi.

Tadbir yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Orqaga