Yangi_kitoblar_yangi_imkoniyatlar
15-Okt, 2026
Bugun Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limida “Yangi kitoblar — yangi imkoniyatlar” mavzusida kitob taqdimoti tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilarga markaz fondiga yangi kelib tushgan adabiyotlar, ularning mazmun-mohiyati va yosh-u kattalarning bilimini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda ma’naviy kamolotida tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, ishtirokchilarga yangi nashrlar bilan yaqindan tanishish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — kitobxonlikni keng targ‘ib etish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va kitob orqali insonlarning ma’naviy salohiyatini oshirishdan iborat bo'ladi.