Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xiva shahar Kengashi hamkorligida 12-may — Ekologik taʼlim kuni munosabati bilan Xiva shahridagi 17-sonli umumtaʼlim maktabida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Xiva shahar Kengashi raisi D. Masharipov hamda Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etib, yoshlar oʻrtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatni asrash, ekologik taʼlimning oʻrni va “yashil” turmush tarzini targʻib etish mavzularida fikr-mulohazalar bildirdi. Shuningdek, tadbir davomida ekologiyaga oid kitoblar taqdimoti o'tkazilib, o'quvchilar koʻrgazma bilan yaqindan tanishtirildi.