Yosh kitobxon

03-Fev, 2026

Yosh kitobxon

Xiva shahridagi IT Park markazida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi tashkil etildi. Tanlovda kitobsevar yoshlar ishtirok etib, o‘z bilim va mutolaa madaniyatlarini namoyon etdilar.
Ishtirokchilar kuchli raqobat muhitida bellashib, badiiy adabiyot, mutolaa saviyasi hamda keng dunyoqarash bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ushbu tanlovga bo‘lgan qiziqishning yildan-yilga ortib borayotgani yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyati yuksalayotganidan dalolat bermoqda.
Tanlov jarayonida Xiva shahar axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, tadbirning yuqori saviyada tashkil etilishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Tanlov yakunida g‘olib deb topilgan ishtirokchilar hududiy bosqichga yo‘llanma oldilar.

Orqaga