16-iyul — Yosh tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Bobojonova Adolat ateliyasida “Biznesning oshkora sirlari” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi direktori ham ishtirok etib, yosh tadbirkorlar bilan samimiy suhbat qurdi. Muvaffaqiyatli tadbirkor o‘zining biznesni yo‘lga qo‘yish jarayonida orttirgan tajribasi, erishilgan yutuqlar hamda uchragan sinovlari haqida so‘zlab berdi. Uchrashuv davomida yoshlar tadbirkorlik faoliyatini boshlash, biznesni rivojlantirish, mijozlar bilan ishlash va muvaffaqiyatga erishish yo‘llari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda tashabbuskorlik va innovatsion fikrlashni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.