“Yoshlar kuni” doirasida “Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash kuni” munosabati bilan Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan "Sapcha" mahallasida parrandachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar Eshchan Nazarov va Zulfiya Madaminova ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida yosh tadbirkorlar parrandachilik sohasidagi faoliyati, ushbu yo‘nalishni tanlash sabablari, mehnat faoliyati davomida erishgan yutuqlari hamda kelgusidagi rejalari haqida so‘zlab berdilar. Uchrashuvda yoshlarni fermerlik va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasiga oid adabiyotlarni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mazkur tadbir yoshlarni zamonaviy fermerlik faoliyatiga yo‘naltirish, tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.