Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyundagi 59-sonli buyrugʻi hamda “Iyun–avgust oylarida payshanba – “Yoshlar kuni” loyihasi doirasida tasdiqlangan chora-tadbirlar reja-grafigi” ijrosini taʼminlash maqsadida Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan reja-grafik asosida Xiva shahridagi IT Parkda yoshlar ishtirokida “Innovatsiyalar, sunʼiy intellekt va robototexnika kuni” mavzusida qiziqarli uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga zamonaviy axborot texnologiyalarining bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalari, sunʼiy intellektning turli sohalardagi imkoniyatlari, robototexnika yoʻnalishidagi ilgʻor yutuqlar hamda innovatsion gʻoyalarning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni raqamli texnologiyalarni oʻrganishga, kreativ fikrlashga va zamonaviy kasblarni egallashga undovchi tavsiyalar bildirildi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida oʻtib, yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildilar va ularga batafsil javoblar berildi. Mazkur tadbir yoshlarning IT sohasiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, innovatsion fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish hamda kelajak kasblari haqida bilim va tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi.