Yoshlar_siyosati_va_boshqaruvda_yoshlar_ishtiroki_kuni
20-Avg, 2026
“Yoshlar kuni” loyihasi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyundagi 59-sonli buyrug‘i hamda tasdiqlangan chora-tadbirlar reja-grafigi ijrosini ta’minlash maqsadida Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida markaz direktori Sh.Atayeva va mutaxassislar Xiva shahridagi Ogahiy uy-muzeyiga tashrif buyurib, “Yoshlar siyosati va boshqaruvda yoshlar ishtiroki kuni” mavzusida samimiy uchrashuv o‘tkazishdi.
Unda Ichon-qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasining ilmiy xodimlari hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xiva shahar Kengashi faollari ishtirok etdi.