yubilyar kitoblar

04-Fev, 2026

yubilyar kitoblar

Bugun Xiva shahar Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan shahardagi 4-sonli umumta’lim maktabida “2026-yilda nishonlanadigan yubilyar kitoblar” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida joriy yilda  yubiley yoshi nishonlanadigan o‘zbek adiblarining asarlari hamda ularning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar jamlangan kitoblar taqdimoti o'tkazildi.

Jumladan, Mirmuhsin (105), Shukrullo (105), Saida Zununova (100), Odil Yoqubov (100), Erkin Vohidov (90), Abdulla Oripov (85), Omon Muxtor (85), O‘tkir Hoshimov (85) va Xurshid Do‘stmuhammad (75) kabi taniqli adiblarning asarlari yuzasidan kitobxonlarga batafsil sharhlar berildi.

Tadbir o‘quvchilarda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, milliy adabiyotimiz namoyandalarining boy ijodiy merosini targ‘ib etishga xizmat qildi.

Orqaga