Yurakda yashaydi asl shoirlar

24-Apr, 2026

Yurakda yashaydi asl shoirlar

Xiva shahar Axborot-kutubxona markazida 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o‘qituvchi va o‘quvchilari, kutubxonachi O. Junabiyozova hamda faol kitobxonlar hamkorligida o‘zbek xalqining sevimli shoiri, serqirra ijodkor Muhammad Yusuf tavalludining 72-yilligiga bag‘ishlab “Yurakda yashaydi asl shoirlar” mavzusida adabiy kecha tashkil etildi.
Tadbirni Axborot-kutubxona markazining Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi rahbari Z. Rahimova ochib berib, Muhammad Yusufning hayoti va ijodi haqida so‘z yuritar ekan, shoir qalamiga mansub ko‘plab she’rlar taniqli xonandalar tomonidan kuylanib, san’at ahliga katta muvaffaqiyatlar keltirganini alohida ta’kidladi.
Tadbirda Xiva shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilarining she’riyat va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, tadbir davomida faol qatnashdilar.
Kecha davomida Muhammad Yusufning she’rlari ifodali o‘qildi, dilbar qo‘shiqlar ijro etildi hamda sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.
Tadbir yakunida kutubxonadagi yangi adabiyotlar yuzasidan qisqacha sharhlar berildi. 
Shuningdek, o‘quvchilar kutubxona kitob fondi, o‘quv zali va ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishib, kutubxonaga a’zo bo‘ldilar hamda kutubxona bo‘ylab sayohat qildilar.

Orqaga