“Zukko kitobxon” ko’rik tanlovi

17-Apr, 2026

“Zukko kitobxon” ko’rik tanlovi

Xiva shahar axborot-kutubxona markazi mutaxassislari shahridagi  “Ogahiy ijod” maktabida  Respublika bo‘ylab keng nishonlanayotgan “Kitobsevar millat”  shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Ogahiy ijod maktabining o`qituvchi va o’quvchilari bilan xamkorlikda, o`quvchilar o’rtasida  o’zbek va jahon adabiyotining yozuvchilari Nodar Dumbadze hamda O’tkir Xoshimovning asarlari yuzasidan “Zukko kitobxon” ko’rik tanlovi o’tkazdilar. 
Tadbirda Ogahiy ijod maktabining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari B. Sa’dullayev, tarbiyachi o`qituvhi J. Yoldoshev ijod maktabining o’qituvchi o’quvchilari hamda faol kitobxonlar ishtirok etdilar.
Tadbirda Ogahiy ijod maktabi tarbiyachisi Maqsuda Omonboeva so‘zga chiqib, kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikrlr bildirdi. U o‘z so`zida: kitob inson kamoloti sari yo‘l ochuvchi eng buyuk vositadir, yoshlarimizning kelajakda yetuk shaxs bo‘lib yetishishida ularning kitobga bo‘lgan muhabbati va qiziqishi hal qiluvchi ahamiyatga ega deya ta’kidladi.
Shuningdek, Xiva shahar axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmat rahbari Z. Rahimova   ham o‘z fikrlarini bildirib, zamonaviy dunyoda kitobning ahamiyati yanada ortib borayotganini ta’kidladi. 
Tanlov Nizomda belgilangan uch shart asosida o‘tkazildi va hay’at a’zolari tomonidan ishtirokchilarning bilimlari odilona baholandi:
I-shart. Ishtirokchilar o‘zlarini o’qigan kitoblarni tanishtirdilar.
II-shart. O‘qigan kitoblari yuzasidan o‘z fikr va taassurotlarini bayon etdilar.
III-shart Sahna ko’rinishilari.
III-shart. Savol-javob sharti bo‘lib, unda ishtirokchilar adib va yozuvchilarning hayoti va ijodi haqida so‘zlab berdilar.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan “Eng zukko”, ”Eng bilimdon” jamoalari axborot-kutubxona markazi ma’muriyati tomonidan “Faxriy yorliq”lar va “Tashakkurnoma” hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Ko‘rik-tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad-yoshlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz hamda tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlariga ko‘maklashishdir. 
Shuningdek, iqtidorli va ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish, ularning aql-zakovati va bilimini namoyon etishiga sharoit yaratish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlariga mehr uyg‘otish ham tanlovning bosh maqsadidir.

Orqaga